Ekstremizmga oid jinoyatda ayblangan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

U uzoq vaqt xorijda yashiringani sababli Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs Polsha Respublikasidan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shundan so‘ng u O‘zbekistonni tark etib, uzoq vaqt xorijda yashiringan hamda Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan.

Interpolning Toshkent va Varshavadagi Milliy markaziy byurolari hamkorligida, shuningdek, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ishtirokida qidiruvdagi shaxsning turgan joyi aniqlangan.

Shundan so‘ng xalqaro hamkorlik va ekstraditsiya tartib-taomillari doirasida u Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling