O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov El-Salvadorning mamlakatdagi yangi elchisi Yuriy Pavel Santakrus Perdomodan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston El-Salvadorni Markaziy Amerikadagi istiqbolli hamkorlardan biri sifatida ko‘rishi qayd etildi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni izchil kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
Baxtiyor Saidov yangi elchiga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyorligini ta‘kidladi.