Ikkita viloyatda elektr tarmoqlari va gaz taʼminoti xodimlari ushlandi

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Namangan va Surxondaryoda korrupsion holatlarga chek qo‘yildi, deb xabar berdi DXX.

Kosonsoy tumani elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi tadbirkorning ishonchiga kirib, u tomonidan o‘ziga tegishli MCHJ binosiga o‘rnatilgan, quvvati 50 kVt.li quyosh paneli va boshqa bajarilgan ishlar uchun texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 17 mln so‘m olgan vaqtlarida ushlandi. 

“Uzuntumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimi esa fuqaroga tegishli gaz hisoblagichning nosozligi tufayli yuzaga kelgan 23 mln so‘m qarzdorligini so‘ndirib berish va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni vaʼda qiladi.

Bunga 5 mln so‘mni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, ushbu g‘ayriqonuniy ishga uning hamkasbi ham aloqador ekanligi aniqlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling