2026-yilning yanvar−iyun oylarida 562 918 ta ehtiyojmand oilaga elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlari uchun jami 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lab berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Shundan 51,4 mlrd so‘mi elektr energiyasi, 40,7 mlrd so‘mi esa tabiiy gaz uchun to‘langan.
Kompensatsiyalar prezidentning 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qarori asosida ajratilmoqda.
Unga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gazni bazaviy me‘yordan ortiq iste‘mol qilgan qismi uchun bazaviy me‘yor doirasidagi hamda undan yuqori tariflar o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.
Kompensatsiya olish masalalari bo‘yicha mahalladagi ijtimoiy xodim, tumanlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki agentlikning 1140 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin.