Toshkentda elektr kabeli yo‘lga tushdi

Hodisa oqibatida fuqarolar va transport vositalariga, jumladan, Yutong elektrobusiga zarar yetmagan.

11-avgust kuni soat 19:13 da Mirzo Ulug‘bek tumani Gulsara ko‘chasidagi “Inbazar” savdo majmuasi yaqinida elektr uzatish tarmog‘ida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, elektr kabeli yo‘lning qatnov qismiga tushdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Voqea joyiga FVB xodimlari, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining avariya brigadasi hamda boshqa mas‘ul xizmatlar yetib borib, hududni xavfsiz holatga keltirdi va nosozlikni bartaraf etdi.

Hokimlik ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan Yutong rusumli elektrobusga ham hech qanday zarar yetmaganini qayd etdi.

Ayni vaqtda elektr tarmog‘idagi nosozlik to‘liq bartaraf etilgan, vaziyat nazorat ostida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling