"Elektron retsept" tizimi bosqichma-bosqich bekor qilinishi mumkin

Tegishli qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-sentabrdagi 570-son qarori bilan Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 15-dekabrdagi 25-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Elektron retsept” tizimini joriy etish tartibi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar