Erik De Mayer Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.
Ikki davlat o‘rtasida savdo, investitsiyalar va biznes sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, shuningdek, amaliy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.