O‘zbekiston terma jamoasi sentabrda Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Uchrashuv 24-sentabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoa 24-sentabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Eron bilan bahs olib boradi.

Terma jamoa navbatdagi FIFA kunlarida yana bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling