Bektemir tumanining ayrim hududlarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

31-iyul kuni Bektemir tumanidagi ayrim iste‘molchilar uchun tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ta‘mirlash ishlari sabab soat 10:00 dan 18:00 gacha Bektemir tumanining “Zabardast” mahallasida gaz ta‘minoti uziladi.

Buning natijasida 260 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste‘molchiga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling