22-avgust kuni Farg‘ona shahrida Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa soat 16:40 lar atrofida Quvasoy ko‘chasida yuz bergan. 2002-yilda tug‘ilgan R.J. Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ko‘cha chirog‘i ustuni hamda daraxtga urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchiga voqea joyida tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng unga uyiga ketishga ruxsat berilgan.
Hozirda holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.