Farg‘onada fuqarolarni Umraga jo‘natish evaziga 3,7 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada fuqarolarni Umraga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV xabar berdi.

2000-yilda tug‘ilgan shaxs uch kishidan Farg‘onada jami 3700 dollar pulni olgan vaqtida qo‘lga olindi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling