Farg‘ona tumani, “Yordon” MFY hududida tog‘ orasidagi transport vositalari harakatlanishiga mo‘ljallanmagan kichik dara yo‘lda 19-yanvar kuni soat 21:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.
1981-y.t. haydovchi A.A. Captiva avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘l qor va sirpanchiq bo‘lganligi sababli boshqaruvni yo‘qotgan. U ag‘darilib ketgan.
Oqibatda haydovchi “bosh miya yopiq shikasti koma holati” tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.