Farg‘onada 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymani qo‘shni davlatga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan oltin quymalar to‘xtatib qolindi, deb xabar berdi DXX.

Farg‘ona tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Damas Qirg‘izistonga chiqish maqsadida “Vodil-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina kuzov qismining ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalar borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularning sof og‘irligi 1,23 kg bo‘lib, umumiy bahosi 2,18 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling