Fevralda 74,8 mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Nazorat tadbirlarda isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 301 ta holat aniqlandi.

O‘zbekistonda 2026-yilning fevralida 74,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 301 ta holat aniqlandi.

Unga ko‘ra, 12,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (32,2 mlrd so‘m) va 15,8 mln metr kub tabiiy gaz (42,6 mlrd so‘m) talon-toroj qilingan.

Shuningdek, iste‘molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 550 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling