Ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 28-fevral kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
1-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, shimolda ba‘zi joylarda qor yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning ko‘pchilik hududlarida havo harorati 10-15 daraja atrofida, 1-mart – yakshanba kuni ba‘zi joylarda 17 daraja iliqqacha, janubda 20-25 daraja iliqqacha bo‘ladi. Harorat kechalari 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika shimolida asosan harorat kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat ertaga 10-12 daraja iliq, yakshanba kuni 14-16 daraja iliq bo‘ladi. Harorat kechalari 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.