Toshkentda FVB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.
Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori mahalliy MCHJ rahbaridan 1500 dollar olgan vaqtida ushlandi.
U hamkasblari orqali korxona tomonidan mazkur tumanda faoliyat yurituvchi korxona hududiga o‘rnatilgan yong‘in xavfsizligi jihozlarini qabul qilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.