G‘allaorolda hokimlik bosh mutaxassisi yer sotishda gumonlanmoqda

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

U o‘g‘liga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jalikning 11 gektar yerini xaridorga 11 ming dollarga sotishga kelishib, muqaddam 5 ming dollar olgan.

Biroq, u qolgan 6 ming dollar hamda tegishli hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 700 dollar, jami 6700  dollarni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling