Mart oyining ikkinchi yarmida 50 kub metr gaz imtiyozli tarifda bo‘ladi

16-martdan boshlab 1-noyabrgacha 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” amal qiladi.

Avvalroq mart oyi boshida havo harorati soviganligi sabab tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan oylik bazaviy me‘yor 15-martgacha uzaytirilgandi.

Endi havo harorati iliqlashishi sabab 16-martdan boshlab 1-noyabrgacha har oy uchun 100 kub metrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-oktyabrgacha) “bazaviy meʼyor” amal qiladi.

Mart oyida bir oylik 500 kub metr bazaviy me‘yor oyning birinchi yarmi uchun (1-15-mart kunlari) teng ulushlarda taqsimlanganda 250 kub metrni tashkil etadi. 

Bir oylik 100 kub metr bazaviy me‘yor oyning ikkinchi yarmi uchun (16-31-mart kunlari) teng ulushlarda (proporsional) taqsimlanganda 50 kub metrni tashkil etadi.

Mana shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste‘molchilari 1800 so‘mdan emas, 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling