Yil boshidan buyon suyultirilgan gaz ta‘minoti tizimida 129 ta noqonuniy “bunker” va “yama” faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Hududgazta‘minot” AJ xabar berdi.
Kompaniya ma‘lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan o‘tkazilgan nazorat va monitoring tadbirlari davomida suyultirilgan gaz ta‘minoti yo‘nalishida 286 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Jumladan, 129 ta noqonuniy “bunker” va “yama” faoliyati to‘xtatilib, 3 530 dona maishiy gaz balloni hamda 25,8 tonna suyultirilgan gazning noqonuniy realizatsiyasi oldi olingan.
Shuningdek, tekshiruvlarda 71,6 tonna suyultirilgan gaz talon-toroj qilingani aniqlanib, yetkazilgan zararni undirish va huquqiy baho berish uchun tegishli materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.