Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Mattias Follert O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini boshlamoqda.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston−Germaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilinib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi ta‘kidlandi.

Saidov so‘nggi yillarda oliy darajadagi tashriflar va muntazam siyosiy muloqotlar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri yangi elchiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling