Gvido De Sanktis Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.
Amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish muhimligi ta‘kidlandi.