Ish haftasi davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

Havo harorati kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, yomg‘ir paytida 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekiston hududining katta qismida 16-18-mart kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat 17-18-martda Surxondaryo viloyatida va 18-martda Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

19-martda respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.

20-martda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, yomg‘ir paytida 13-15 daraja iliq bo‘ladi. 

16-17-mart kunlari respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda 16-18 va 20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

19 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 

Harorat asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq, 19-martda 14-17 daraja iliq bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling