Kelasi uch kunda ob-havo sovishi kutilmoqda

Yo‘llarda ba‘zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

22–24-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

22-yanvarda, 23-yanvar kuni kechasi va ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ba‘zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 22–23-yanvar kunlari qor yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 22–25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22–24-yanvar kunlari harorat kechalari 3–8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq – 2 daraja iliqqacha; shimolda kechalari 12–15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2–5 daraja sovuqqacha pasayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling