Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduz kunlari 23-28 daraja atrofida, baʼzi joylarda 30 darajagacha boʻladi. 9-aprel – chorshanba kuni respublika janubida, markaziy hududlarda va Fargʻona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 3-6 darajaga pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib 28-31 daraja boʻladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 7-aprelda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 7-8-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 7-11-aprel kunlari yogʻingarilik kutilmaydi. Shamol birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.
Harorat 7-8-aprel kunlari 26-28 daraja, 9-aprelda 22-24 daraja, 10-aprelda 25-27 daraja, 11-aprelda 28-30 daraja boʻladi. Harorat asosan kechalari 10-15 daraja boʻladi.