Ish haftasi davomida havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

26-martda va 27-martga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ish haftasi oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat 26-martda va 27-martga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Havo harorati asosan kechalari 10-15 daraja iliq, kunduz kunlari 23-28 daraja iliq, respublika shimolida va cho‘l hududlarida ayrim kunlarda 30-32 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 24-26-martda 23-26 daraja iliq, 27-martda 27-29 daraja iliq bo‘ladi. 

Harorat asosan kechalari 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling