21-avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Kunduzi havo harorati 36−39 daraja, janubning ayrim joylarida 41−43 darajagacha yetadi. Respublikaning katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, Qoraqalpog‘istonda esa kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari harorat kechasi 18−21 darajagacha, kunduzi 32−35 darajagacha, janubda 37−40 darajagacha pasayadi.
Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida 22-avgust kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol tezligi 7−12 m/s, ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi. 22-avgust kuni respublika janubida uning tezligi 22−25 m/s gacha yetishi mumkin. Ayrim hududlarda kuchli shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun havo harorati 36−38 daraja, dam olish kunlari esa 32−35 daraja bo‘ladi.
Kechasi harorat asosan 18−21 darajani tashkil etadi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esib, 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin.