Hayit kuni poytaxt jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Maʼlumot uchun, mamlakatda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanishi belgilandi.

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 20-mart kuni Toshkent shahri jamoat transporti ish faoliyatini soat 04:00 dan boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Maʼlumot uchun, mamlakatda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanishi belgilandi. Shu va Navro‘z bayrami sabab o‘zbekistonliklar bir necha kun dam oladi. Jumladan:

20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;

21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

23-mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni; 6 kunliklar uchun esa ish kuni.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling