Hayot Davlatov Buxoro viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
U 1979-yilda Peshku tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetini, 2006-yilda Buxoro davlat universitetini hamda 2011-yilda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U ish faoliyatini Buxoro viloyati monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasida oddiy nazoratchi sifatida boshlab, Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Buxoro viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish konsalting markazi direktori, Buxoro viloyati Investisiya bosh boshqarmasi boshlig‘i, Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, u 2021-2024-yillarda Kogon shahar hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
2024-yildan mazkur tayinlovga qadar Peshku tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.