Foto: World.vk
15-noyabr kuni dunyo aholisi soni 8 mlrd chegarasidan oʻtdi. Bu haqda BMT oʻzining "World Population Prospects 2022" prognozlariga asoslangan holda xabar berdi.
Shuningdek, hisobotda aytilishicha, 2030-yilda dunyo aholisi 8,5 mlrdga, 2050-yilda 9,7 mlrdga, 2080-yilda esa 10,4 mlrdga yetishi prognoz qilinmoqda. Maʼlumotlarda 2100-yilga kelib 2080-yilgi holat saqlanib qolishi kutilayotgani keltirilgan.
Bundan tashqari, BMT Hindiston 2023-yilda dunyodagi eng koʻp aholiga ega davlatga aylanishi haqidagi prognozni ham keltirmoqda.
Umuman olganda, dunyo ancha yuqori surʼatlarda oʻsishda davom etayotganiga qaramay, raqamlarning koʻpayishiga turli mintaqalar va mamlakatlarning hissalari bir-biridan keskin farq qiladi. Tugʻilish darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakatlar aholi jon boshiga eng past daromadga ega. Shunday qilib, dunyo aholisining oʻsishi vaqt oʻtishi bilan dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida jamlangan boʻlib, ularning aksariyati Sahroi Kabirdan tortib janubiy Afrikagacha joylashgan mamlakatlardir.
Umumiy suratga qaraydigan boʻlsak, Yevropada 2050-yilga kelib aholi soni 10% ga kamayishi kutilmoqda, Yevropa esa eng tez oʻsuvchi mintaqa boʻlib qolmoqda.
Tahlilchilarning taʼkidlashicha, ayni paytda global oʻrtacha koʻrsatkichlar jiddiy mintaqaviy farqlarni yashirmoqda. Shunday qilib, BMT prognozlariga koʻra, 2050-yilga kelib aholi oʻsishining yarmidan koʻpi bor-yoʻgʻi sakkizta davlatga toʻgʻri keladi: Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling