Angrenda to‘rtta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, HOWO yuk mashinasi haydovchisi R.N. protsessual tartibda ushlangan. 

Toshkent viloyatining Angren shahrida 26-aprel kuni soat 23:10 larda HOWO yuk mashinasi haydovchisi R.N. harakat vaqtida boshqaruvini yo‘qotgan. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Natijada shu yo‘nalishdagi 4 ta transort vositalari bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Sobalt avtomashinasida bo‘lgan haydovchi I.X. (1975 y.t.) hamda yo‘lovchi Z.T. (1986 y.t.) voqea joyida vafot etgan.

Qolgan transport vositalarida bo‘lgan 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, NOWO yuk mashinasi haydovchisi R.N. protsessual tartibda ushlangan. U hodisada tan jarohati olmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling