“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Mas‘ul shaxslar tabiiy gaz hajmidagi tafovut sabablarini aniqlamasdan, uni oddiy yo‘qotish sifatida hisobotga kiritgani aytilmoqda.

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta‘minoti filialida 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruvda filial mas‘ullari qabul qilingan va iste‘molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi o‘rtasidagi tafovut sabablarini aniqlamasdan, uni oddiy yo‘qotish sifatida hisobotga kiritgani aniqlangan.

Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 251,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgani qayd etilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste‘mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling