Ibrohim Ergashev investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ergashev tayinlovga qadar O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Maʼlumot uchun, I.Ergashev 2012-2013-yillarda Tashqi savdo kompaniyasi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Shuningdek, 2013-yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri o‘rinbosari, 2014-2016-yillarda vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.