Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

U 10 – O‘zbekistonning global ilg‘or universitetlari dasturi joriy etiladi

2027-yildan oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi natijalariga ko‘ra moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Prezidentning oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, U 10 – O‘zbekistonning global ilg‘or universitetlari dasturi joriy etiladi va uning doirasida oliy taʼlim tashkilotlariga milliy tadqiqot universiteti maqomini berish yo‘lga qo‘yiladi. 

Milliy tadqiqot universiteti maqomi davlat ilmiy dasturlari doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy klaster tashkil etish loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda g‘olib bo‘lgan 10 ta oliy taʼlim tashkilotiga beriladi.

2027-yildan oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi natijalariga ko‘ra moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Milliy reyting natijalariga ko‘ra, har bir toifa guruhiga mansub oliy taʼlim tashkilotlarining 20 foizi 1-darajaga, 40 foizdan 2- va 3-darajalarga kiritiladi.

2027-yil 1-yanvardan davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan 1 nafar talabani o‘qitish xarajatlari miqdorini quyidagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqib shakllantirish tartibi joriy etiladi:

– 1 nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha talabalar soni nisbati;

– taʼlim sohasi murakkabligi, shu jumladan, taʼlim yo‘nalishlari (ixtisosliklar) uchun talab etiladigan moddiy-texnik baza;

– taʼlim sohasi oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlashning ustuvor sohalariga mosligi;

– oliy taʼlim tashkilotining maqomi va (yoki) toifasiga ko‘ra ilmiy tadqiqotga yo‘naltirilganligi va boshqalar.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling