Jarqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ushbu lavozimga Ilhom Saparov nomzodi ma‘qullandi.

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiyada Jarqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Elmurod Avazov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma‘lum qilindi.

Ushbu lavozimga Ilhom Saparov nomzodi taklif etildi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma‘qullandi.

I. Saparov mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi, Xalq ta‘limi hamda Madaniyat boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Tayinlovga qadar viloyat hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling