Ish haftasida ob-havo qanday bo‘ladi?

17-19-dekabr kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha 16-dekabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat kechga tomon respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

17-19-dekabr kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Harorat 17-dekabrda kechasi 1-4 daraja iliq, kunduzi 4-7 daraja iliq bo‘ladi, 18-19-dekabrda kechalari harorat asta-sekin 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 17-18-dekabrda ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 16-dekabr kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

17-19-dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 18-19-dekabrda qorga aylanadi) bo‘ladi. Harorat 17-dekabrda kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi. 

18-19-dekabrda kechalari harorat asta-sekin 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-3 daraja iliq bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling