Andijonda ish vaqtida vafot etgan xodimning oila a’zolariga qariyb yarim mlrd so‘m mablag‘ to‘lab beriladi

Sud qaroriga asosan pul mablag‘larini undirish belgilandi

Andijonlik Sh.Nurillayevaning turmush o‘rtog‘i N.Nurillayev mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Sh.Nurillayeva boquvchisini yo‘qotganligi uchun korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to‘lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib sudga da’vo arizasi kiritildi.

Ariza qanoatlantirilib sudning hal qiluv qaroriga asosan Sh.Nurillayeva foydasiga 485 million 760 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini undirish belgilandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling