Toshkentda faoliyat yurituvchi advokatlar hayʼatining muqaddam sudlangan advokati firibgarlik yo‘li bilan 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tuman IIO FMB TB ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov davomida gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni vaʼda qilgan.
Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.