Iyul oyining oxirgi haftasida O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, kunduz kunlari havo harorati 37–40 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa 41–42 darajagacha issiq bo‘ladi. Bu iyul oyi oxiri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me‘yordan 2–3 darajaga yuqori.
Hafta davomida respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimol, janub va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 38–39 daraja, kechasi esa 23–25 daraja atrofida bo‘ladi.