“Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikdagi elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Qatnovlar poytaxtdan haftaning seshanba, payshanba, shanba kunlari amalga oshiriladi

Hurmatli yo‘lovchilar sizlar uchun yangi qulay va zamonaviy yo‘nalish “Toshkent – Xiva – Toshkent” yoʻnalishidagi “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikdagi elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Harakat jadvali:

• Toshkent Markaziy vokzali — Xiva:

Jo‘nash: 07:00;

Yetib borish: 14:31.

• Xiva — Toshkent Markaziy vokzali:

Jo‘nash: 07:20;

Yetib kelish: 14:51.

Qatnov kunlari:

• Toshkent — Xiva: haftaning seshanba, payshanba, shanba kunlari;

• Xiva — Toshkent: haftanig chorshanba, juma, yakshanba kunlari.

Qatnov boshlanish sanalari:

• 3-may — Toshkentdan ilk qatnov;

• 4-may — Xivadan ilk qatnov.

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Qulay, tez va xavfsiz sayohatni biz bilan boshlang.

Reklama huquqlari asosida

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling