Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Jamila Ashur Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Vazir elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida joriy yil iyun oyida Jazoirga amalga oshirilgan rasmiy tashrif yakunlari hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, taʼlim, madaniyat va boshqa istiqbolli yo‘nalishlardagi hamkorlikni yana-da faollashtirishga tayyorlik tasdiqlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling