Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Jamshid Sharopov 1984-yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universitetini, 2009-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi.
U mehnat faoliyatini 2002-yilda “Paxta Bank” Buxoro viloyati boshqarmasida boshlagan. 2014−2020-yillarda “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i, 2020−2021-yillarda Markaziy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2021−2023-yillarda Shofirkon tumani hokimi bo‘lgan. 2023−2026-yillarda “Agrobank”ning agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Sharopov “Agrobank”ning muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgandi.