Bugun xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda deputatlar Jasur Tursunovni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqladi.
J. Tursunov tayinlovga qadar Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori vazifasida ham ishlagan.