Ijtimoiy tarmoqlarda ota voyaga yetmagan farzandlarini kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi.
Aniqlanishicha, Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro oilaviy nizo oqibatida 2 nafar farzandiga jismoniy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan.
Fuqaro S.Sh (1983-y.t. erkak) ga nisbatan JKning 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Ayni vaqtda voyaga yetmagan ikki nafar bola ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi hamda bolalar bilan maxsus ravishda psixologlar ishlamoqda", deyiladi xabarda.