Sirdaryoda kadast xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Sirdaryoda kadastr xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani bo‘limi bosh inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaroning ishonchiga kirgan.

U o‘zining mansabdor tanishlari orqali uning yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va ushbu hujjatlarni muddatidan oldin tayyorlab berish evaziga 1500 dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektor 1000 dollar va 6,05 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling