Kasbiy ta‘lim agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Tayinlovlar hukumat qarori bilan amalga oshirildi.

Hukumat qarori bilan Kasbiy ta‘lim agentligi direktoriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Shihnazar Sharofaddinov agentlik direktori o‘rinbosari bo‘ldi. 

U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta‘lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Avzalxon Abdullaxonov ham agentlik direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi. 

U bunga qadar agentlikning Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling