Kelgusi haftada havo sovishi kutilmoqda

9-11-martda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi.

O‘zbekiston hududiga 9-12-mart kunlari sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

9-11-martda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-12-mart kunlari havo harorati: respublika shimolida kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha tushadi. 

Qolgan hududlarda 11-12-martda kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling