Kichik halqa yo‘lining bir qismida 40 kunga harakat cheklanadi

Yakkasaroy tumanida magistral issiqlik quvurini yangilash ishlari boshlanadi.

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Kichik halqa yo‘lining bir qismida magistral issiqlik quvurini yangilash ishlari boshlanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

25-iyul soat 00:00 dan diametri 530 mm, uzunligi 1,54 kilometr bo‘lgan magistral issiqlik quvurini almashtirish ishlari olib boriladi.

Qurilish-montaj ishlari munosabati bilan 40 kun davomida yo‘lning ikki harakatlanish yo‘lagida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling