So'nggi paytlarda “zombilashish” mavzusi, ayniqsa rus televideniyasining propagandasi, keksa avlod televideniyada aytilgan hamma narsaga qanday qilib ko'r-ko'rona ishonishi yoshlarni hayron qoldira boshladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, oilalardagi turli xil siyosiy qarashlar nafaqat janjal, tushunmovchilik va kelishmovchiliklarga, balki shaxsiy jihatdan munosabatlarning buzilishiga ham sabab bo'ladi.
Mustaqil ekspert, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish markazi ilmiy rahbari Yuliy Yusupov yaqinda o'z sahifasida shunday yozgan edi:
“O'tgan kuni bir keksa kishi mendan u uchun kabel televideniyasida kanallar tarmog'ini sozlab berishimni iltimos qildi. Bu kanallar ORT, RTR, NTV edi. Albatta, men darhol televizor ovozini o'chirib qo'ydim. Ammo shunga qaramay, televizorda gapirayotgan odamlarning yuzlarini ko'rish ham men uchun yoqimsiz bo’ldi.
Uy egasi sabr bilan mening barcha “qarg‘ish”larimga chidadi va men undan so’radim: "Buni qanday qilib tomosha qilish mumkin?", qariya javob berdi: “Ko’rgani boshqa hech narsa yo'q." Darhaqiqat, bizning kabel tarmog'mizidan rus tilidagi Ukraina kanallarini, na "Дождя"ni na "Настоящего времени"ni ham topa olmaysiz. Men hali o’zbek telekanallari haqida gapirmadim. Ular asosan bizda mavjud emas.
Foto: Facebook.com
Men bundan uyaldim. Insoniyat tarixidagi eng yovuz, eng g‘aribona, eng yolg‘on va qabih targ‘ibotlar tufayli butun bir keksa avlodni parcha-parcha qilib tashlaganimiz juda achinarli. Keksalikda muqobil yo'q, bunday iflos axborot tuzog'iga tushib qolish qanday? Bu haqiqiy genotsid. Miya genotsidi. Ruhiy genotsid.
Hukumatimiz ham, barchamiz ham bu genotsid uchun javobgarmiz va bu yigirma yillardan beri davom etmoqda. Uyat".
Darhaqiqat, keksa avlod o’zgacha qarashlari uchun qoralanishga loyiqmi, agar ularda tomosha qilishga boshqa narsalari bo'lmasa? Ular eng ko’p ishonadigan televizorda ko'rish uchun hech nima bo’lmasa.
Biz Yuliy Yusupovga O‘zbekistondagi targ‘ibot va bugungi kundagi vaziyat yuzasidan bir necha savollar bilan murojaat qildik:
- Ayting-chi, hukumat propaganda uchun qanday iqtisodiy vositalardan foydalanishi mumkin?
Insoniyat tarixidagi eng kuchli va samarali propoganda mashinasi, zamonaviy Rossiya tajribasi shuni ko'rsatadiki, ma’lumot manbalarini monopollashtirish, boshqa muqobil axborot manbalarini yopish va qarshi chiqqanlarga repressiya(davlat organlari qoʻllaydigan jazo chorasi, qatagʻon qilish) orqali odamlarga propagandani singdirishadi. Iqtisodiy sohada targ‘ibotchilar o’zlariga zarur bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilish uchun xorijda nufuzli shaxslar va jurnalistlarni sotib olishlarini ko‘rsatish mumkin.
— Muayyan propagandaning, xususan, davlat propogandasining ko‘lami hukumatga bo‘lgan ishonchga bevosita ta’sir qiladi. Mamlakatda qanday iqtisodiy ahvolda propagandaning, birinchi navbatda, telepropagandaning ta'siri pasaya boshlaydi?
Propoganda kuchi va mamlakatning iqtisodiy ahvoli o'rtasida aniq bog'liqlik yo'q. Agar muqobil axborot manbalari ishonchli tarzda bloklangan va muqobil pozitsiyalar jazolanishi mumkin bo'lsa, turmush darajasining kuchli, ammo sekinlik bilan pasayishi ham ba'zida propaganda kuchini zaiflashtirmaydi. Shimoliy Koreya va Turkmanistonga qarang. Yoki Rossiyaning depressiv hududlariga. U yerda aholining zombilashuv darajasi poytaxtlarga, masalan, Moskva va Sankt-Peterburgga nisbatan yuqori ko’rsatkichga ega.
Foto: Repost.uz
- Propoganda va ta'lim darajasi o'rtasidagi bog'liqlik qanchalik kuchli? Nima uchun ba'zi odamlarga bu ta'sir qiladi, ba’zilariga esa yo'q?
Albatta, propaganda ta'sir qilish darajasi insonning bilim darajasi, aql-zakovati, tanqidiy fikrlash darajasiga bog'liq. Inson qanchalik aqlli bo'lsa, uni “zombi” qilish shunchalik qiyin bo'ladi. Ammo meni hayratga solgan narsa shundaki, oliy ma'lumotli odamlar orasida ham propogandaning aql bovar qilmas ta’siriga tushib qolgan zombilarni uchratdim. Ko'rinib turibdiki, biz bilimdonlik, analitik qobilyat va tanqidiy fikrlashni farqlashimiz kerak.
– Dunyodagi real iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlarni ko‘plab soxta narsalar oldida tushuna olish uchun nimani o‘qishni yoki tinglashni tavsiya qilasiz?
Shunchaki televizorni o'chiring va Rossiya davlat manbalaridan kelayotgan ma'lumotlarni ko'rmang, o'qimang, tinglamang. Bunday tashviqotdan immunitetni shakllantirish uchun siz tarix, antropologiya, iqtisod, sotsiologiya va boshqa gumanitar fanlar bo'yicha kitoblarni o'qishingiz, turli yo'nalishlarga oid ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishishingiz kerak, chunki bu nafaqat ta'lim darajasini oshiradi, balki tanqidiy fikrlashni ham rivojlantiradi.
O‘zbekiston televideniyasi statistikasi
Tahririyatimiz yosh guruhlari va kanallarning ko’proq ko’rilishiga oid ma'lumotlarni aniqlash uchun Ledokol Group TV reklama agentligidan statistik ma'lumotlarni so'radi.
Foto: Repost.uz
Ma'lumotlarga qaraganda, 50 yoshdan oshgan erkaklar va ayollar orasida televizor ko'rish ommalashgan. Bundan tashqari, agentlik tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlar shuni ko’rsatadiki , 50+ yosh toifasi orasida eng ommabop kanallar bu Rossiya telekanallaridir.
Nima uchun kattalarning yoshlarga qaraganda televizorga ishonchi ko'proq ekanligini aniqlashga harakat qilamiz. Yangi avlod ko'pincha o'z ajdodlarini qayta tiklashga, ularni televizordan "ozod qilishga" va bunga ishonishning hojati yo'qligini ularga tushuntirishga harakat qiladi. Biroq, bu qanchalik haqiqatga yaqin va amalga oshirilishi mumkin?
Mutaxasais psixolog Anastasiya Levinaning so'zlariga ko'ra, televizorda ko'rsatilgan barcha narsaga bo'lgan katta ishonch ota-onalarimizning o'tmishi bilan bog'liq.
Foto: Repost.uz
Birinchidan, televizor ular uchun eng nufuzli ma'lumot manbai bo'lib, unda har doim faqat haqiqat bor deb o’ylashadi. Ilgari televizorda faqat bir nechta davlat kanallari ko'rsatilardi, ulardagi ma'lumotlar ishonchli va rasmiy bo'lgan.
Gap shundaki, bolaligidan bu ma'lumot manbai bilan tanish bo'lgan odam, albatta, hamma narsaga nisbatan boshqacha(ya'ni nimanidir yoqtirish yoki yoqtirmaslik, nimagadir abnormal munosabat, faqat shaxsiy fikrlarga tayanib yoqitirish yoki yoqtirmaslik) munosabatda bo’ladi, chunki barcha yangi va tushunarsiz gadjetlardan oldin televizor paydo bo'lgan, bu har doim shundayligicha qoladi.
Tilning inson idrokiga ta'sirining o'rni va ulushi qanday?
Foto: Repost.uz
Rus televideniesini rus tilida tomosha qilgan holda, tomoshabinlar ma'lum bir lingvistik ta'sirga ostida qoladi.
Shuningdek, psixolog O‘zbekistonda nafaqaxo‘rlarning bo‘sh vaqtlari ko’pligini, ular haqiqatan ham zerikkanligini va zarur g'amxo'rliklar ko'rsatilmasligini qo‘shimcha qildi.
Pensiya yoshi har bir inson hayotidagi burilish nuqtasi bo'lib, stress bilan birga keladi. Uzoq vaqt davomida ishlagan odam, odatdagi turmush tarzi tugaganini anglaganidan keyin juda ko'p salbiy his-tuyg'ularni boshdan kechiradi. Shunga ko'ra, uning qiladigan ishi va tomosha qiladigan hech narsasi bo'lmasa, bu vaziyatni yanada og'irlashtiradi.
Nima uchun kimdir bizning miyamizga ta'sir qiladi?
Ma'lumki, propagandaning telepropagandadan tashqari turlari ham ko'p.Zamonaviy realliklarni hisobga olgan holda, o'zingizni mantiqiy fikrlashda boshqalardan ajralib turishingiz va hech nima sizga o'z ta'sirini o'tkazolmasligiga 100% amin bo'lsangiz, o'zingizga ortiqcha ortiqcha bino qo'yib yuborgan bo'lasiz.
Siyosiy psixologiya va obraz psixologiyasi muvaffaqiyatli propaganda kalitidir. Agar targ'ib qilinishi rejalashtirilgan g'oya juda qo'rqinchli bo'lsa, u yumshoqroq, zararsizroq bo'lgan narsaga o'zgartiriladi. Propagandaning boshiga odamlar ishongan, ularni ergashtira oladigan lider qo'yiladi. Shu bilan birgalikda propaganda targ’ibida boshqalardan ajralib turadigan va barcha yomon ko’radigan salbiy qahramon ham bo’ladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, inson kimnidir yoqtirishi va kimdandir qo'rqib turishi kerak. Bu uning fiziologiyasi bilan bog'liq.
Shu sababli, inson ongiga har qanday narsani kiritish, uni legallashtirish va qabul qildirilishi mumkin.
Propaganda kimlarga nisbatan samarali ishlaydi?
Bu masalada ko'p narsa inson idrokining doimiyligiga bog'liq. Masalan, bolalar buni qilmaydi. Ona o'z bolasini maqtasa, bola uchun ona eng yaxshisi, lekin uni so'ksa, eng yomoni bo'ladi.
Oddiy qilib aytganda, idrokning doimiyligi - bu dunyodagi hamma narsani qora va oqga ajratmaslik, rasmning umumiy "xiraligi" dan xabardor bo'lish qobiliyati. Inson idrokning doimiyligini yo'qotsa, u ko'p narsalarni tan olmaydi, hamma narsa noaniq ekanligini tushunmaydi.
Bu keksa avlod bilan qanday ishlaydi?
Psixologiya nuqtai nazaridan, yoshlar katta yoshlilarga qaraganda yangiliklarni qabul qila olishi bilan ajralib turadi. Yosh o’sib borishi bilan odam nutqi, fikrlashi, xotirasi, tasavvuri va e'tibori yomonlashadi (uning ustida ishlamasdan).
Shu tufayli yangi ma'lumotni qabul qilish qiyinlashadi. Shunday qilib, yoshi kattaroq odamlarda fikrlashning qattiqligi oshadi va miyada nimanidir tushunish uchun bajariladigan turli operatsiyalar samaradorligi pasayadi. Bunga qarshi kurashish va kattalarga qandaydir nuqtai nazarni singdirishga urinish befoyda.
Shuningdek, yoshi o'tgan sayin odamlarning o'zini tanqid qilishlari kamayadi, ulardagi fikr yuritish, o'z qarashlari va fikrlarini shubha ostiga qo'yish qobiliyati yo'qoladi.
Foto: Repost.uz
Yuqorida tavsiflangan tabiiy jarayonlarga ta'lim, bilimdonlik va barcha turdagi nozik vosita mashqlarini va turli xil miya operatsiyalari bajarish (matematika, she'riyat, modellashtirish) orqali erishish mumkin.
Endi savolning sotsiologiyasi haqida. SSSR davridagi hayot odamlarni ma'lum bir o'ziga xoslik bilan to'ldirdi. Kommunizm, ikki yilda besh yillik reja, pioner lageri, oktyabr. Ushbu tushunchalar tufayli odamlar o'zlarini butun bir narsaning bir qismi ekanliklarini qattiq his qilishdi. Psixologiya nuqtai nazaridan, har bir shaxs uchun biror narsaning bir qismi bo'lishi juda muhimdir. Aynan shu sababli Sovet Ittifoqini yaratgan ko'plab kattalar hali ham o'zlarini Rossiya bilan bog'laydilar, rus sportchilariga "biznikilar" deyishadi, mamlakat va uning siyosatini qo'llab-quvvatlaydilar.
SSSR parchalanganidan so'ng, ma'lum munosabatlarga o'rganib qolgan odamlar dunyoning yangi paradigmasiga ko'nikishi va moslashishi mumkin emas, bu shunchaki ularning miyasiga sig'maydi. Yosh avlod kapitalizmda yashasa, keksa avlod hali ham kommunistik tuzum standartlari asosida fikr yuritadi. "Men Rossiyaman, men Sovet Ittifoqiman, pomidor 3 rubl", — deb ta'kidlaydi psixolog.
Yoshlar bilan bu qanday ishlaydi?
Zamonaviy avlodning muammosi shundaki, uning o'ziga xosligi, buyukroq narsaga, yaxlitlikka sodiqligi yo'q. MDH davlatlarida shunday narsa kuzatildiki, SSSR parchalanganidan keyin tug'ilgan odamlar mafkuraviy bo'shliqda yashaydilar, shuning uchun ham yoshlar ongiga har qanday mafkurani tom ma'noda kiritish mumkin. Bizda o'ziga xos, aniq madaniyat, urf-odatlar yo'q va din zamonaviy inson hayotida ilgari egallagan o'rinni egallamaydi.
Foto: Repost.uz
Xulosalar
Mutaxassislar o'z nuqtai nazariga duch kelmaslik uchun ko'proq ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni o'qishni, barcha "bo'shliqlarni" ichkaridan to'ldirib, o'z shaxsini izlashni maslahat berishadi.
E’tiborlisi, “вДудь” kanalida 11-oktabr kuni chiqqan so‘nggi videorolik jurnalist Yuriy Dud tomonidan Rossiya tashviqoti va urushi mavzusiga bag‘ishlangan edi.
Rossiyaga muqobil telekanallarning yo‘qligi shunday vaziyatga olib keladi, jumladan, O‘zbekistonda ham Ukrainaga harbiy bosqinni qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki unda muhojirlarning ishtirokini targ‘ib qiluvchilar allaqachon sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu O‘zbekiston uchun muammo bo‘lib, uning rasmiy organlari sodir bo‘layotgan vaziyat yuzasidan o‘z pozitsiyasini aniq ifodalab, fuqarolarga boshqa davlatlarning urushlarida qatnashish jinoiy javobgarlikka olib kelishini ta’kidlashdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Qozog‘istonda Rossiyaning 15 ta telekanalini o‘chirish masalasi muhokama qilinmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidagi manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda kabel televideniyasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya bilan kelishib, istalgan davlat telekanallarini televizor orqali tomosha qilish mumkin.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi huzurida efirga uzatilishiga ruxsat berilgan kanallar ro‘yxatini tuzuvchi maxsus komissiya mavjudligini ham aniqladik.
Qanday bo'lmasin, ko'pchilikning nuqtai nazarida qutblilik va ob'ektivlikning paydo bo'lishiga yordam beradigan asosiy (boshlang'ich) televizion kanallar to'plamida muqobil televideniyani ko'rish yaxshi bo’lar edi. Ayniqsa, hozirgi vaziyat oldindan aytib bo'lmaydigan tarzda rivojlanayotgan paytda.
Asosiy to'plamga kiritilgan telekanallarga o’zgartirishlar kiritilishi, shuningdek, pensionerlar MDHning boshqa davlatlari kanallarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lish uchun qayergadir borib ruxsat olishga jismoniy taraflama qodir bo'lmagan odamlar ekanligini hisobga olish zarur.
Aytish joizki, gap MDHning boshqa mamlakatlari televideniyasi haqida ketmoqda, chunki Oʻzbekistondagi kabel televideniyesida bir qancha shved, fransuz va ingliz kanallari(Euronews, Fashion TV, Disney, Discovery) mavjud.
Muqobil variant, albatta, sun'iy yo'ldosh televideniyasi bo'lib, siz deyarli har qanday mamlakatning kanallarini sozlashingiz mumkin.
Maqola muallifi: Nikoletta Lazaridi
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling