O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Uchrashuv 6-oktyabr kuni Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.
Unda Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlarga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoa FIFA kunlari doirasida yana bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.