Sirdaryo viloyatida Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Fuqaro T.N. (muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan) 6 ming dollar evaziga fuqaro D.Q.ni Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishga yuborishini aytgan.
U kelishilgan puldan 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.